1

Akademik liseylarga kirish imtihonlarining shaffofligi ta`minlanadi

Jamiyat 21.07.2018, 09:35
Akademik liseylarga kirish imtihonlarining shaffofligi ta`minlanadi

Akademik liseylarda saralash imtihonlarini o`tkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e`lon qilish tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Dastlabki tanlovdan so`ng saralash imtihonlari

Ma`lumki, Xalq ta`limi vazirligi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan dastlabki tanlov har yili 10 iyunga qadar umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi iqtidorli o`quvchilar o`rtasida psixologik-pedagogik tashxis qo`yish usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Dastlabki tanlovdan o`tgan o`quvchilarni akademik liseylarga o`qishga qabul qilish uchun saralash imtihonlari tashkil etiladi.

Saralash imtihonlari shakliga ko`ra ijodiy imtihonlar yoki test sinovlari tarzida tashkil etiladi. Saralash imtihonlarining qay shaklda o`tishini akademik liseylarning o`zi mustaqil belgilaydi. Saralash imtihonlari 10-25 iyul sanalari oralig`ida bo`lib o`tadi.

Imtihongacha

Saralash imtihonlarini o`tkazish muddatlari, fanlar ro`yxati va imtihon shakli, baholash mezonlari imtihondan 10 kun oldin o`quvchilarga ular ta`lim olgan umumiy o`rta ta`lim muassasasi orqali xabar qilinadi.

Akademik liseylarga kirish uchun sinovlar katta sig`imdagi binolardao`tkaziladi. Test jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn rejimidakuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

Saralash imtihoni savollari (topshiriqlari) tegishli oliy ta`lim muassasasi rektorining buyrug`i bilan tuzilgan ekspert guruh tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Saralash imtihonlari savollari (topshiriqlari) akademik lisey direktorida saqlanib, ularning maxfiyligi uchun direktor javobgar bo`ladi.

Imtihonda

Akademik liseyning ayrim ta`lim yo`nalishlari xususiyatlaridan kelib chiqib 3 ta umumta`lim fanidan test sinovlari o`tkaziladi.

O`quvchiga bajarish uchun har bir fandan 15 ta test savoli beriladi.

Ixtisoslik xususiyatidan kelib chiqib yo`nalishlarida 3 ta umumta`lim fanidan ko`p bo`lmagan fanlardan ijodiy imtihonlar o`tkaziladi.

Ijodiy imtihonlar og`zaki, yozma ish, insho, bayon, diktant shaklida bo`lishi mumkin.

Necha ball beriladi?

Saralash imtihonlari 0-100 ball oralig`ida, yagona ko`p balli tizim bo`yicha baholanadi.

Baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida Ekspert guruh tomonidan belgilanadi.

Saralash imtihonlarining natijalari test sinovlari yoki ijodiy imtihonlar o`tkazilgan kunning ertasiga tegishliligi bo`yicha oliy ta`lim muassasasi yoki akademik liseyning rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi hamda akademik liseyning e`lonlar taxtasiga ilib qo`yiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1