1

Sudlardagi boshqaruv xodimlari soniga o`zgartirishlar kiritildi

Jamiyat 21.07.2018, 08:31
Sudlardagi boshqaruv xodimlari soniga o`zgartirishlar kiritildi

Prezidentning 2018 yil 19 iyuldagi Farmoniga muvofiq «O`zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

O`zgartirishlar asosan sudlardagi boshqaruv xodimlari soniga aloqador bo`lib, shuningdek tuman (shahar) ma`muriy sudlarining namunaviy tuzilmasi yangilangan.

Xususan, endilikda tuman (shahar) ma`muriy sudlari boshqaruv xodimlari soni 2-6 birlikni (oldin - 2-4 birlik), sudyalar soni 1-3 tani (oldin – 1-2 ta) tashkil etadi.

Shuningdek, tuman (shahar) ma`muriy sudlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 440 (oldin - 408) birlik, shundan sudyalar soni - 220 tani (oldin - 204 ta) tashkil etishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1