1

O`zbekistonda dronlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi

Jamiyat 21.07.2018, 08:34
O`zbekistonda dronlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi

O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi huzuridagi "Geoinnovasiya markazi" DUK va Xitoyning dronlar ishlab chiqaruvchi "BShark Holdings LTD" kompaniyasi o`rtasida O`zbekistonda uchuvchisiz texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to`g`risida memorandum imzolandi, deb xabar qilmoqda O`zA.

Hujjat O`zbekiston delegasiyasining Xitoyning Shenchjen shahriga tashrifi doirasida imzolandi.

"Geoinnovasiya markazi" DUK ma`lumotlariga ko`ra, korxonalar birgalikdagi sa`y-harakatlar bilan O`zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish niyatida. Memorandum shuningdek, hamkorlikda o`qitish dasturlarini ishlab chiqish, seminarlar o`tkazish, uchuvchisiz texnologiyalarni rivojlantirish sohasida mutaxassislar, axborot va tajriba almashinuvini ko`zda tutadi.

"BShark Holdings LTD" kompaniyasi O`zbekistonga zarur ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalarni etkazib berish, mahalliy xodimlarni o`qitish, savdo va marketing bo`limlarini tashkil etishni mo`ljallamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1