Xalqaro olimlar guruhi sayyoramizda o`ta joni qattiq bo`lgan jonivor yashashini aniqlashdi, deya xabar qildi Novosti Belarusi nashri.
Gap sekinyurar yoki fan tilida aytganda Tardigrada haqida ketyapti.
Ushbu umurtqasiz jonivor har qanday sharoitda vulqon o`chog`ida ham, Antarktika muzliklarida ham ko`payib, yashab ketaveradi.
Olimlarning aytishicha, sekinyurarlar Er yuzidagi ilk paydo bo`lgan jonivorlardan biri ekan.






