Grenlandiyaning Innaarsuit qishlog`iga katta xavf yaqinlashdi, deya ta`kidlamoqda Ropmech.ru nashri.
11 tonnali aysberg qishloq tomon oqib kela boshladi. Hukumat o`sha zahotiyoq aholini evakuasiya qila boshladi. Aysberg tufayli qishloq aholisi katta to`lqinlar ostida qolishi mumkin edi. Ammo aysberg asta-sekin okean ichiga qarab suzib keta boshladi. Endilikda u Innaarsuit elektrostansiyasiga yaqinlasha boshladi. Hukumat vakillari hamma ehtiyot choralarini ko`rishmoqda.






