1

Yaponiyada jazirama rekord darajani qayd etdi

Dunyo 23.07.2018, 12:56
Yaponiyada jazirama rekord darajani qayd etdi

Bugun eng rekord darajadagi jazirama Saytama prefekturasining Kumagaya shahrida qayd etildi.

Yaponiya bosh meteorologiya boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, Tokiodan uzoq bo`lmagan hududlarda havo harorati 41,1 daraja issiqni tashkil qilmoqda.

Bugun esa eng rekord darajadagi jazirama Saytama prefekturasining Kumagaya shahrida qayd etildi. Shu boisdan hukumat aholini ko`p miqdorda suyuqlik qabul qilish, bosh kiyimlari kiyish va uzoq muddat oftobda qolmaslikka chaqirmoqda.

Eslatib o`tamiz, kunchiqar mamlakatda joriy yilning 25 iyunidan 2 iyuliga qadar oftob urishi tufayli 3,4 mingdan ziyod kishi shifoxonaga yotqizilgan bo`lib, hayotdan ko`z yumganlar uch nafarni tashkil qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1