AsosiyJamiyat

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta`lim muassasalarining ro`yxati tasdiqlandi

'Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta`lim muassasalarining ro`yxati tasdiqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 3-son bayoniga muvofiq 2018/2019 o`quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta`lim muassasalarining ro`yxati tasdiqlandi. Bu haqda O`zbekiston Rspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Oliy ta`lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olishga abiturientlardan hujjatlar 2018 yilning 20 iyulidan 20 avgustiga qadar qabul qilinadi. Ro`yxatda 51 ta ta`lim muassasasi o`rin olgan.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olmoqchi bo`lgan shaxslar ta`lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ta`lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
  • oliy ma`lumot to`g`risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan
  • 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
  • № 086-U shakl bo`yicha tibbiy ma`lumotnoma;
  • pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
  • Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko`rsatiladi.

2018/2019 o`quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta`lim muassasalarining ro`yxati.

    Boshqa yangiliklar