AsosiyDunyo

NATO bosh kotibi o`zgardi

Alyansning amaldagi  bosh kotibi Anders Fog Rasmussen NATO sammiti ishtirokchilariga...

Alyansning amaldagi  bosh kotibi Anders Fog Rasmussen NATO sammiti ishtirokchilariga tashkilotning yangi bosh kotibi Yens Stoltenbergni tanishtirdi, deb xabar beradi Euronews.

55 yoshli Stoltenberg bosh kotib lavozimidagi faoliyatini 1 oktyabrdan boshlaydi.

Yens Stoltenberg 2000-2001 va 2005-2013 yillardagi Norvegiya bosh vaziri bo`lgan. Aynan uning davrida Norvegiya tarixidagi eng katta halokatli terroristik harakatlar amalga oshirilgan. 2011 yilning iyul oyida norvegiyalik Anders Breyvik Osloda qo`poruvchilik harakatini amalga oshirgan va Utyoya orolidagi o`smirlar oromgohiga borib, o`nlab yoshlarni otib tashlagan. Umumiy hisobda Breyvik amalga oshirgan harakatlar oqibatida 77 kishi vafot etgan.

 Norvegiya bosh vaziri lavozimida Stoltenberg muntazam NATO operasiyalarini ma`qullab kelgan. Xususan, 11 sentyabrdan so`ng AQShning terrorizmga qarshi kurashishi va NATO harbiylarini Afg`onistonga yuborishni qo`llab-quvvatlagan. Shuningdek, Stoltenberg “Global isish”ga qarshi kurashchi nomi bilan ham mashhur. U BMTning iqlim bo`yicha maxsus vakili lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Uelsda bo`lib o`tgan sammit  Anders Fog Rasmussen uchun so`nggisi bo`ldi. 2016 yili Varshavada bo`lib o`tadigan navbatdagi sammitga tayyorgarlik ishlarini endi Yens Stoltenberg olib boradi.

Qayd qilib o`tamiz, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Uelsdagi  NATO Sammitining Afg`oniston masalasi bo`yicha maxsus yig`ilishda ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar