AsosiyJamiyat

Nega diniy kitoblar qimmat? Din ishlari bo`yicha qo`mita nima deydi?

'Nega diniy kitoblar qimmat? Din ishlari bo`yicha qo`mita nima deydi?'ning rasmi

Bugungi kunda kitob rastalarini xilma-xil diniy kitoblar egallab bormoqda. Ularga nisbatan talab ham yuqori. Lekin, diniy risolalar boshqa adabiyotlarga nisbatan ikki barobar qimmat.

Odamlar orasida diniy risolalarning qimmatlashuviga diniy qo`mitaning nazoratdan o`tkazib berishi, galogramma narxlari borligini ro`kach qilishi odat tusiga kirgan, ammo bu qanchalik rost? Bunga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita nima deydi? Qo`mita tomonidan kitoblarga beriladigan galogrammaning qiymati kitob narxiga qanchalik ta`sir qiladi?

Din ishlari bo`yicha qo`mita vakilining ma`lum qilishicha, diniy kitoblarning qalbaki emasligini tasdiqlovchi galogramma 97 so`m turadi. Avvalgi narx 149 so`m bo`lgan. Ammo kitoblarning tan narxi qimmatlashib ketmasligi uchun u 97 so`m etib belgilangan. Demak, kitoblar narxining qimmatlashuvida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitaning ta`siri yo`q darajada.

O`zA o`rganishlar davomida Chorsu bozori atrofidagi do`konlarda sotilayotgan diniy kitoblarning o`rtacha narxlariga qiziqib, “Qur`oniy va eng zaruriy duolar” hamda “Keling, Qur`on yodlaymiz” kitoblari 50 000 so`mdan, “Ikki olam sarvari” kitobi 38 000 so`m, “Payg`ambarlar tarixi” 1-4-kitoblar 90 000 so`m, “Ismi A`zam” kitobi 45 000 so`m, “Qur`oni Karim mashhur suralari fazilati” kitobi 75 000 so`m va undan yuqori narxlarda savdoga qo`yilganini aniqladi.

    Boshqa yangiliklar