1

Pokistonda musson yomg`irlari 110 kishining umriga zomin bo`ldi

Dunyo 06.09.2014, 14:03
Pokistonda musson yomg`irlari 110 kishining umriga zomin bo`ldi

Pokistonda musson yomg`irlari oqibatida vafot etganlar soni 110 nafarni tashkil etdi. Bu haqda "Associated Press" agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning xabar qilishicha, mamlakatning shimoliy-sharqiy qismidagi Panjob va Kashmirning Pokistondagi qismlari katta zarar ko`rdi. U erda o`nlab ko`priklar vayron bo`lgan.

Qutqaruv ishlarida mingga yaqin qutqaruvchi, polisiya xodimlari va harbiylar ishtirok etishmoqda.   

Hukumat tomonidan yomg`irdan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatish punktlari va palatkali lagerlar tashkil qilindi.

Yaqin kunlarda yomg`ir va suv toshqinlari kuchayishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1