1

Gresiyada o`rmon yong`inlari: vaziyat nazoratdan chiqib ketgan

Dunyo 24.07.2018, 11:20
Gresiyada o`rmon yong`inlari: vaziyat nazoratdan chiqib ketgan

Dushanbada Gresiyaning Kallitexnupoli, Dau Pentelis, Neo Vutza, Mati, Rafina kabi hududlarida yirik o`rmon yong`inlari yuzaga keldi.

O`nlab uylar yonib ketgan, Attika g`arbidagi Kineta hududida o`ta murakkab vaziyat saqlanib qolmoqda. Yuzlab o`t o`chiruvchilar, yong`in xavfsizligi aviasiyasi samolyotlari va vertolyotlari tabiiy ofatga qarshi kurashmoqda. Mamlakatning Afina-Korinf milliy avtotrassasi yopib qo`yilgan. Gresiya dengiz kuchlari yordamida 760 kishi xavfsiz joylarga ko`chirilgan.

ERT (Gresiya jamoatchilik televideniyasi) sodir bo`lgan falokatni milliy fojea deb atadi. Hozirda vaziyat nazoratdan chiqib ketgan. Attikada favqulodda holat e`lon qilingan.

OAVning so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, Gresiyada o`rmon yong`inlari oqibatida 24 kishi halok bo`lgan, jabrlanganlar 156 nafar, ular orasida 16 bola bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1