1

Jizzaxda O`zbekiston va Qozog`iston harbiylari qo`shma mashg`ulotlar o`tkazishdi

Jamiyat 24.07.2018, 12:15
Jizzaxda O`zbekiston va Qozog`iston harbiylari qo`shma mashg`ulotlar o`tkazishdi

Jizzaxdagi “Forish” tog` poligonida O`zbekiston hamda Qozog`iston maxsus operasiya kuchlari ishtirokida ikki mamlakat o`rtasidagi qo`shma mashg`ulotlarning ikkinchi bosqichi bo`lib o`tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

“Noqulay iqlim sharoitlarida tog`li hududlarda shartli noqonuniy qurollangan kuchlar tahdidini qaytarishga qaratilgan mashqlar orqali ikki mamlakat harbiy xizmatchilari jahonda va mintaqada keskin o`zgarib borayotgan harbiy siyosiy vaziyat, milliy va global xavfsizlik sohasida ro`y berishi mumkin bo`lgan xatar va tahdidlarga qarshi kurashishning eng ma`qul usul va uslublarini qo`llash borasida o`zaro tajriba almashdilar”,-deyiladi xabarda.

O`quv mashqlarida O`zbekiston Qurolli Kuchlarining 15 ga yaqin aviasiya texnikalari, 10 dan ortiq artilleriya qurilmalari hamda O`zbekiston va Qozog`istonning 50 nafardan harbiy xizmatchisi jalb etildi.

Mashg`ulotlarning ikkinchi ko`rinishida shartli dushmannning jangovar texnikalari va tirik kuchlariga SU-25 jangovar samolyotlari va MI-24 vertolyotlaridan qaqshatqich zarbalar berildi.

Hamkorliklagi o`quv mashg`ulotlari doirasida O`zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy texnika va qurol-aslahalari namoyishi bo`lib o`tdi.

Mashg`ulotlarning birinchi bosqichi Qozog`istonda 2018 yil iyul oyi o`rtalarida bo`lib o`tgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1