1

Tadbirkor nima sababdan firibgarga 6 ming dollar berdi?

Jamiyat 24.07.2018, 12:24
Tadbirkor nima sababdan firibgarga 6 ming dollar berdi?

Firibgar tuzog`iga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasini ochish niyatida yurgan xivalik tadbirkor tushdi.

Urganch shahrida yashovchi fuqaro Adham Qurbonov (materialdagi ism-familiyalar shartli)ning yoshi o`ttizda. Ayni kuch-g`ayratga to`lgan bu yigit shu yoshgacha ikki marta qing`ir yo`llardan “o`z omadi”ni qidirib ko`rishga ulgurdi. Afsuski, so`nggi pushaymon o`ziga dushman bo`ldi.

Adham o`tgan yilning sentyabr oyida ham firibgarlik jinoyati bilan sudlangan edi. Unga 4 oyu besh kun ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangandi. Jazo muddati o`talgach ham u to`g`ri xulosa chiqarmadi. Ko`p o`tmasdan Adham navbatdagi qing`ir ishlarga qo`l urdi.

Bu safar firibgarning tuzog`iga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasini ochish niyatida yurgan xivalik 1987 yilda tug`ilgan Shakaroy Norimanova ilindi.

Bir kuni umumiy ovqatlanish joyida o`tirgan Adham Shakaroyning akasi Sobirning kim bilandir suhbatini eshitib qoladi. Sobir suhbatdoshiga singlisining yaqin kunlarda katta ish – gaz quyish shahobchasi qurish niyatida yurganini gapiradi. Buni eshitgan Adham shu zahoti “ish”ga kirishib, Sobirning gaplarini bexosdan eshitib qolganini va bu gaplar u ishlayotgan idora bilan bevosita aloqadorligi sabab bu borada aka-singilga beminnat yordam ko`rsata olishini aytadi. Sobir Adhamni gaz quyish shahobchasi qurishda o`ziga yarasha qiyinchiliklarga uchrab yurgan singlisi Shakaroy bilan tanishtirib qo`yadi.

“Hojatbaror” tadbirkordan shahobcha qurish uchun er maydoni ajratilishida “tepada”gi tanishlari orqali yordam berishni va`da qilib, 2018 yilning aprel-may oylarida 6 ming dollarni oladi. Biroz muddat o`tib pullari havoga uchganini sezib qolgan Shakaroy huquq-tartibot idorasiga bu haqda xabar beradi.

Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Adhamning kirdikorlari fosh etildi.

O`zA xabariga ko`ra, Adham Qurbonovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1