1

Samarqanddagi maktab-internati direktori hibsga olindi

Jamiyat 24.07.2018, 13:29
Samarqanddagi maktab-internati direktori hibsga olindi

Samarqanddagi maktab-internati direktori Sh.Sadinov ushlangan, unga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llash masalasi o`rganilmoqda.

23.07.2018y. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga fuqaro M.Mirzaeva murojaat qilib, o`z arizasida nisbatan va Samarqand viloyat xalq ta`limi boshqarmasi 64-sonli alohida sharoitlarda ta`minlash, tarbiyalash va ta`lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ta`lim olayotgan uning farzandi E.Mirzaev va boshqa tarbiyalanuvchilar internatning mansabdor va mas`ullari tomonidan qiynab, ularga tan jarohatlari etkazilganligi haqida xabar berdi.

Mazkur holat Bosh prokuratura rahbariyati alohida nazoratiga olinib, shaxsan Samarqand viloyati prokurori tomonidan olib borilgan tekshiruv davomida aniqlanishicha, maktab-internati direktori Sh.Sadinov va boshqalar mansab vakolati doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etib, o`z faoliyatlari davomida maktab-internatining o`quvchilari, voyaga etmagan X. (2001 y.t.), M. (2006 y.t.) va O`. (2003 y.t.)larni maktab tartib-qoidalariga rioya qilmayotganliklarini ro`kach qilgan holda ta`lim-tarbiya davomida ularga rahmsiz muomalada bo`lib, muttasil ravishda urib, qiynab, ularga turli darajadagi tan jarohatlari etkazgan.

Viloyat STE byurosining 23.07.2018 yilgi xulosalariga ko`ra, ariza bergan M.Mirzaevaning farzandi M.ning tanasida qator jarohatlar mavjudligi, ular “Engil tan jarohatlari” guruhiga kirishi aniqlangan. Jinoyat ishi bo`yicha 89 nafar maktab-internati tarbiyalanuvchilariga nisbatan viloyat STE byurosi ekspertlari tomonidan guvohlantirish harakatlari o`tkazildi, tarbiyalanuvchilarning ambulator kartalari bayonnomalar asosida olinib, o`rganilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan 23.07.2018 yilda Samarqand shahar prokurori tomonidan 64-sonli maktab-internati direktori Sh.Sadinov

va boshqalarga nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maktab-internati direktori Sh.Sadinov ushlangan, unga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llash masalasi o`rganilmoqda.

Jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori tomonidan alohida nazoratga olingan.

Eslatib o`tamiz, kecha Samarqanddagi 64-sonli alohida sharoitlarda ta`minlash, tarbiyalash va ta`lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bolalar qiynoqqa solinayotgani, kaltaklanayotgani, jismoniy va ruhiy bosim ostida yashayotgani, yaxshi ovqatlantirilmay, tez-tez och qoldirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1