1

Talaba Nukus shahri prokuroriga murojaat qildi. Endi uning uyi qayta ta`mirlanadi (foto)

Jamiyat 24.07.2018, 15:07
Talaba Nukus shahri prokuroriga murojaat qildi. Endi uning uyi qayta ta`mirlanadi (foto)

Joriy yilning 18 iyul kuni Nukus shahri, A.Dosnazarov ko`chasi, 2-uy, 7-b-xonasida yashovchi J.A. ismli qiz Xalq qabulxonasiga murojaat qilib, uyi avariya holatida bo`lganligi bois, uni qayta buzib ta`mirlashda yordam berishni so`ragan. Bu haqda Kruz.uz nashri xabar berdi.

Shuningdek, arizada uning chin etim ekanligi, ota-onasi ertada olamdan o`tganligi, bir o`zi yashashligi va hozirda o`zi nufuzli oliy ta`lim muassasasida to`lov kontrakti asosida o`qiyotganligi ko`rsatilgan.

Mazkur murojaat Nukus shahar prokurori R.T.Xalmuratov tomonidan o`rganib chiqildi. Nukus shahrining 2-sektor hududida joylashgan talaba J.A.ning uyi va yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish natijasida uyni yangitdan qayta ta`mirlash yuzasidan echim qabul qilindi hamda mazkur qurilish ta`mirlash ishlari 2018 yilning 21 iyul kunidan boshlanishi belgilangan.





Ma`lumot uchun, har xaftaning chorshanba kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Nukus shahar bo`limida 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini eshitish kuni deb belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1