1

Xitoy televideniyasi O`zbek oshxonasi haqida film oldi

Jamiyat 24.07.2018, 15:34
Xitoy televideniyasi O`zbek oshxonasi haqida film oldi

Xitoyning “CCTV-7” davlat televideniyasining suratga olish guruhi O`zbekistonga kelgan edi. Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasidan ma`lum qilishlaricha, ular yurtimizning sayyohlik imkoniyat, milliy oshxonamizning o`ziga xos xususiyatlari, salohiyati haqida maxsus dastur tayyorladi, deb yozmoqda O`zA.

Shu maqsadda guruh milliy taomlarni tayyorlash jarayonini suratga olish uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva bilan yaqindan tanishdi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Xitoyning O`zbekistondagi elchixonasi ko`magida tayyorlangan, O`zbekiston milliy oshxonasiga bag`ishlangan ushbu hujjatli film yaqinda Xitoyning “SSV-7” telekanalida namoyish etildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bu filmni xitoyliklar katta qiziqish bilan kutib olgan. Uni ko`rganlar soni 150 million nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda ushbu hujjatli filmni o`zbek tiliga tarjima qilish va yurtimiz ommaviy axborot vositalarida namoyish etish mo`ljallanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1