1

Toshkentda avtobus ag`darilib ketdi, jarohatlanganlar bor

Jamiyat 24.07.2018, 17:02
Toshkentda avtobus ag`darilib ketdi, jarohatlanganlar bor

23 iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida “Isuzu” rusumli avtobus yo`l chetiga ag`darilib ketdi. Yunusobod tumanida yashovchi B.K. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusini TXAY ko`chasida joylashgan “Rohat” avtosaloni oldida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmaganligi natijasida ushbu holat ro`y bergan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko`ra, etti nafar yo`lovchi engil tan jarohati olgan. Ularni kasalxonada tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, so`ngra javob berilgan. Bu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1