1

Sangardak sharsharasi haqida eshitganmisiz?

Jamiyat 24.07.2018, 17:15
Sangardak sharsharasi haqida eshitganmisiz?

Bir vaqtning o`zida yilning to`rt faslini kuzatish mumkin bo`lgan joy haqida eshitganmisiz?! Zarrin quyosh nurlari ostida jimjimador yomg`ir yog`ishini-chi? Qattiq shamol aralash naqd jala quyib turgan paytda bobo quyosh samoda jilmayib turishini-chi?!

Bunday noyob mo``jizani bir vaqtning o`zida kuzatish mumkin bo`lgan joy uzoqlarda emas, yurtimizda. Bu rang-barang nabotot va turfa hayvonot olami, minglab bulog`u chashmalari bilan nom qozongan Surxondaryo viloyatidagi Sangardak darasi va sharsharasidir.

3.jpg

Sharsharadan o`ynoqlab tushayotgan suv jozibasiga qishin-yozin ko`rk bag`ishlab turuvchi sumbula o`tlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Tabiatning bu go`zal tuhfasi qish faslida ham sharsharaga o`zgacha xusn bag`ishlab turadi. Suvi muzlab, billur shodalari singari bahaybat sumalak hosil qiladigan sharshara bag`ridagi sumbula o`tlari shunchaki o`smaydi. Mahalliy aholining aytishicha, qadimda go`zallikda tenggi yo`q bir hurliqo sevgisiga erisholmagach, tog` sharsharasi “unguri”, ya`ni bag`riga kirib g`oyib bo`lgan. Uning mayda o`rilgan sochlari o`rnidan sumbula o`sib chiqadi. Hozirgacha bu sumbula o`tlar sharshara bag`rida devor bo`lib o`sib turganiga guvoh bo`lish mumkin. Uning bargidagi marjon tomchilar o`sha suluv qizning ko`z yoshlari emish.

Dengiz sathidan 2000 metr balandlikdan otilib tushuvchi sharshara tabiatning fusunkor mo``jizasidir. Atrofdagi qoyalarga urilib yuksaklikdan oqadigan sharshara ko`zni quvontiradi. Misli kamalakdek tovlanib, sachrayotgan zilol suv bahri dilingizni ochib, xush kayfiyat bag`ishlaydi. Uning suvi sovuq bo`lsa-da, salomatlikka ziyon qilmaydi, aksincha, vujudni tetiklashtiradi. Sharsharaning tovushi asabni tinchlantirib, yurakka quvvat beradi.

4.jpg

7.jpg

8.jpg

11.jpg

19.jpg

20.jpg

Jonibek Qo`zimurodov (surat), O`zA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1