1

​“Sarkisov” kanalida cho`kib ketgan ikki bolaning biri topildi

Jamiyat 24.07.2018, 18:10
​“Sarkisov” kanalida cho`kib ketgan ikki bolaning biri topildi

23 iyul kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi 12-sonli o`rta maktabning 6-sinf o`quvchisi R.X. va ukasi shu maktabning 3-sinf o`quvchisi I.X.lar shu MFY hududidan oqib o`tuvchi “Sarkisov” kanalida cho`milayotib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho`kib ketganlar.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida R.X.ning jasadi Zafarobod tumani “Birlik” MFY hududidan oqib o`tuvchi “YuR-24” kanalidan topilgan.

"Hurmatli fuqarolar, farzandingiz va yaqinlaringizni cho`milish tavsiya qilinmagan joylarga yubormang. Agarda maxsus cho`milish xavzalariga bormoqchi bo`lsa, ularni nazoratsiz qoldirmang! Hushyor bo`ling!", - deyilgan O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1