1

Xalq ta`limi vazirligi Samarqanddagi maktabga maxsus ishchi guruh yubordi

Jamiyat 24.07.2018, 21:04
Xalq ta`limi vazirligi Samarqanddagi maktabga maxsus ishchi guruh yubordi

Xalq ta`limi vazirligi Samarqanddagi 64-sonli alohida sharoitlarda ta`minlash, tarbiyalash va ta`lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi holat bo`yicha chuqur tashvishda ekanini bildirib, zudlik bilan o`rganib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda vazirlikning maxsus ishchi guruhini yubordi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lumot uchun, Samarqand shahridagi 64-sonli alohida saqlash sharoitlari, tarbiya va ta`limga muhtoj o`g`il bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internat og`ir xulq-atvorga ega, uzoq muddat hisobda turgan, O`zbekiston Respublikasi Qonunlariga ko`ra huquqbuzarlik sodir etgan, biroq jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga etmagan 11−16 yoshdagi voyaga etmagan bolalar joylashtiriladigan yagona muassasa hisoblanadi.

Shuningdek, bu erga individual profilaktik ishlar olib borilganiga qaramasdan, huquqbuzarlik yoki boshqa g`ayriijtimoiy harakatlarni sodir etishda davom etuvchi bolalar ham keltiriladi. Bugungi kunda maktab-internatda jami 109 nafar o`quvchi, 44 nafar o`qituvchi va 34 nafar texnik xodim mavjud.

Xalq ta`limi vazirligining maxsus ishchi guruhi huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda surishtiruv ishlarini olib borishadi va o`rganish natijalariga ko`ra huquqbuzarlikka aloqador barcha shaxslar O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Xalq ta`limi vazirligi har qanday ko`rinishdagi zo`ravonlikka qarshi ekanligini bildiradi hamda jamoatchilik (ota-onalar, o`qituvchilar, o`quvchilar va boshqalar)ni zo`ravonlik holatlarini aniqlashda hushyor bo`lishga hamda huquqbuzarlik aniqlanganda zudlik bilan Xalq ta`limi vazirligi va huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishga chaqiradi. Ushbu hodisa natijalari tergov yakuniga etgach e`lon qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1