Bir yildan so`ng – 2019 yilning avgust oyida rejissyor Kventin Tarantino o`zining yangi “superbomba” filmini katta ekranlarga chiqaradi, deya xabar qilmoqda Hellomagazine.com nashri.

“Kunlardan bir kuni Gollivudda” deb nomlangan kinokartinad Gollivudning superaktyorlari – Leonardo Di Kaprio hamda Bred Pitt bosh rollarni ijro etishgan. Film syujetiga ko`ra, voqealar 69-yillarda ko`pchilikning yuragiga dahshat solgan qotil Charlz Menson va uning qurbonlariga aylangan aktyorlar haqida kechadi.

Shu kunlarda esa fimni suratga olish ishlari boshlanib, suratga olish maydonchasidagi ilk fotosuratlar paydo bo`ldi.








