“CAFA U-15 championship” musobaqasi ikkinchi turidan o`rin olgan ikkita o`yin bo`lib o`tdi.
Birinchi turda turkmanistonlik tengqurlarini 4:1 hisobida mag`lubiyatga uchratgan O`zbekiston U-15 terma jamoasi ikkinchi turda Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda to`liq ustunlikka ega bo`lgan Azamat Abduraimov shogirdlari yakunda yirik 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi, deb xabar berdi MOQ axborot xizmati.
Terma jamoamiz tarkibida gollarga Shahzod Akramov (2ta) va Murodbek Xo`jamberdiev mualliflik qilishdi. Ikkinchi uchrashuvda Eron U-15 terma jamoasi Turkmanistonni 5:0 hisobida taslim etdi.
“CAFA U-15 championship”.
O`zbekiston U-15 – Tojikiston U-15 3:0
Gollar: Shahzod Akramov (16,26), Murodbek Xo`jamberdiev (61)
O`zbekiston U-15: Vazgen Pogosyan, Azizjon Toshkenboev, Tohir To`xtasinov, Kiril Todorov, Murodbek Xo`jamberdiev, Oblayorbek Rahmatov, Shahzod Akramov, Samandar Jo`rabekov, Abduqodir Husanov, Asadbek Qahhorjonov, Nodirbek Abdurazzoqov.
Tojikiston U-15: A.Sodatsairov, F.Olimzoda, S.Safarov, D.Akramov, A. Xaitov, S.Irgashev, P.Xurshedzoda, M.Asoev, M.Saidov, H.Hakimjoniy, A.Mehruboniy.






