Indoneziyada bir boshda ikki yuz va juft miyaga ega bo`lgan chaqaloq dunyoga kelgan.
Ikki yuzli o`g`il bola chaqaloq Indoneziyaning Batan shahrida tug`ilgan. Ayni vaqtda u ikki oylik.
Chaqaloqqa ota-onasi Giman Endika deb nom bergan. Uning bosh qismidagi nuqsonni hisobga olmaganda boshqa tana a`zolari sog`lom go`daklarning tana a`zolaridan farq qilmaydi.
Shifokorlarning ta`kidlashicha, Giman Endikadagi nuqson 250 ming holatda bir uchraydi. Uning bosh qismida rivojlanmay qolgan egizagining yuzi va miyasi bo`lishi go`dak hayotiga tobora xavf tug`dirib boradi. Yagona yo`l jarrohlik amaliyoti orqali tug`ma nuqsonni olib tashlash.
Giman Endikaning onasi esa farzandi tug`ilmaguncha, uning bosh qismidagi deformasiyadan bexabar bo`lgan. Uning aytishicha, UZI tekshiruvlarida homiladagi nuqsonni apparat aniqlay olmagan.






