Aholi qaysi tashkilotlardan, tizimlardan ko`proq norozi ekanligi ulardan kelayotgan shikoyat va arizalar oqimidan ham bilish mumkin.
O`zbekiston Istemolchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasi murojaatlar o`rganish borasidagi 2018 yilning o`tgan 6 oylik davomidagi ma`lumotlarini e`lon qildi.
Hisobot davrida Federasiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman (shahar) jamiyatlariga iste`molchilardan jami 6 713 ta murojaat kelib tushgan.
Mazkur ariza va shikoyatlar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida 2 171 taga oshganligi kuzatildi.
Aholi tomonidan mazkur hisobot davrida federasiya va uning hududiy bo`linmalariga qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda iste`molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga 1 983 ta (jami arizalarning 29,5 %);
tabiiy gaz ta`minoti sohasiga 1 425 ta (jami arizalarning 21,2 %);
elektr ta`minoti sohasiga 1 038 ta (jami arizalarning 15,5 %);
suv ta`minoti sohasiga 450 ta (jami arizalarning 6,7 %);
kommunal xizmat ko`rsatish sohasiga 331 ta (jami arizalarning 4,9 %);
aloqa sohasiga 203 ta (jami arizalarning 3,0 %);
transport sohasiga 183 ta (jami arizalarning 2,7 %);
sog`liqni saqlash sohasiga 151 ta (jami arizalarning 2,2 %);
va boshqa sohalarga 949 ta (jami arizalarning 14,1 %) mansubdir.
Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, jamiyatda ro`y berayotgan o`zgarishlar ortidan aholining huquqiy savodxonligi o`sib, qonuniy haq-huquqlarini anglab murojaat qilish madaniyati shakllanmoqda. Odamlarning shu bugunning o`zida yaxshi yashashga intilish hissi kuchayotgani sezilayotir.






