AsosiyDunyo

Britaniyalik rassom o`qiganda qorayadigan kitobni yaratdi

Britaniyalik rassom Kamilla Leprust antiqa bir kitob ixtiro qildi. Kitobni o`qish uchun varaqlangan vaqtda kitob betlari qoraya boshlaydi. Ushbu ixtiro 2014 yilning 26-28 sentyabr kunlari har yilgi London Art Book Fair kitob yarmarkasida namoyish etiladi. Bu haqda lenta.ru nashri xabar beradi.

Ma`lumotlarga ko`ra, rassom ushbu kitobni yaratishda maxsus termoqog`ozdan foydalangan. Ixtiro qilingan kitob 4 soat ichida o`qib bo`linishi shart. Aks holda kitobning barcha varaqlari qorayib, yozuvlar o`cha boshlaydi.

Kitobning ustki qismi ham antiqa ravishda dizayn qilingan. 

    Boshqa yangiliklar