O`tgan hafta davomida O`zbekistonda 240 ta yong`in holatlari kuzatilgan, deya xabar beradi IIB matbuot xizmati. Natijada fuqarolar turli kuyish va tan jarohatlarini olishgan, 3 kishi vafot etgan. Yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida 893,8 million so`mlik bino qurilmalari hamda 800,7 tovar-moddiy boyliklari saqlab qolindi.
Yong`in hodisalarining biri Samarqand viloyatining Toshkent ko`chasida sodir bo`ldi. Yong`in elektr moslamalarining nosozligi qurilish binosining tom qismi haqda 50 kv. Metr maydonning yonib ketishiga sabab bo`lgan.
Toshkent shahrida ham VAZ-2106. Telefon qo`ng`irog`i orqali chaqirilgan Yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib kelishgan. Yong`in elektr moslamalarining nosozligi oqibatida kelib chiqqani aniqlandi.
Parkent tumanida ham bolalar tomonidan qilingan sho`xlik yong`in kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Natijada, 25 kv. metrdagi xudud yonib ketgan.





