AsosiyJamiyat

Salkam 50 ming AQSh dollar pora olgan prokuratura tergovchisi qo`lga olindi

'Salkam 50 ming AQSh dollar pora olgan prokuratura tergovchisi qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan Mirzo Ulug`bek tumani prokuraturasi katta tergovchisi K.ga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, K. ish yurituvidagi xorijiy korxona ta`sischiligida tashkil etilgan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 47.300 AQSh dollari pora olgan. Holat yuzasidan kelib tushgan murojaatga asosan unga JKning 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha K.ga JKning yuqoridagi moddasi bilan ayb e`lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar