AsosiyDunyo

Ebola Liberiya davlati kelajagiga taxdid solmoqda

Ebola virusining tez tarqalishi Liberiya davlatining kelajagiga katta tahdid solmoqda, deb...

Ebola virusining tez tarqalishi Liberiya davlatining kelajagiga katta tahdid solmoqda, deb hisoblaydi Liberiya mudofaa vaziri Brauni Samukay. Uning so`zlariga ko`ra, mamlakat virusni oldini olish uchun etarliga resurslarga ega emas.  

Bu haqda Samukay BMT xavfsizlik kengashining yig`ilishida ma`lum qildi. Mudofaa vazirining aytishicha, virus o`rmon yong`inlari tezligida tarqalmoqda. “Ebola virusi davlatimizning normal hayotini to`xtatishga sabab bo`ldi”,-deydi Brauni Samukay.

Vesti.Ru nashrining xabar berishicha, AQSh hukumati Ebola virusini davolovchi markazlarga 75 million AQSh dollari miqdorida mablag` ajratishga va`da bergandi. Bu kasallanganlar uchun mingga yaqin joy ajratilishini ta`minlaydi.  

    Boshqa yangiliklar