AsosiyJamiyat

Muhtoj oilalarning uy-joylarini ta`mirlashda moddiy yordam ko`rsatiladi

'Muhtoj oilalarning uy-joylarini ta`mirlashda moddiy yordam ko`rsatiladi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Obod mahalla” jamg`armalarini tashkil etish, uning mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga ko`ra, Jamg`arma mablag`lari respublika byudjetidan ajratiladigan transfertlar va boshqa manbalar hisobidan shakllantirilib, quyidagilar uchun yo`naltiriladi:

• ichimlik suvi va oqava suvi ta`minotini, issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, maishiy chiqindilarni to`plash va chiqarish infratuzilmasini yaratish;

• mahalla ichki yo`llarini va piyodalar yo`laklarini qurish hamda ta`mirlash, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish;

• ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ularning uy-joylarini ta`mirlashda moddiy va moliyaviy yordam ko`rsatish hamda aholini qurilish materiallari bilan imtiyozli tarzda ta`minlash;

• “Obod mahalla” dasturi doirasida boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.

    Boshqa yangiliklar