AsosiyJamiyat

Toshkentdan Moskvaga aviaqatnovlar soni oshiriladi

'Toshkentdan Moskvaga aviaqatnovlar soni oshiriladi'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari “ Milliy aviakompaniyasi joriy yil sentyabr oyidan poytaxtdan Moskvaga haftasiga 21 ta qatnovni amalga oshirishni, viloyat aeroportlaridan esa qatnovlar sonini haftasiga 9 taga etkazishni rejalashtirgan. Bu haqda MAK matbuot xizmati ma`lum qildi.

Milliy aviakompaniya hozirgi kunda Domodedovo aeroportiga O`zbekiston shaharlaridan haftasiga 36 ta muntazam xalqaro qatnovni, Toshkentdan 16 ta aviaqatnovni amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilning iyun oyi yakunlariga ko`ra, “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan belgilangan jadvaldan kechikishsiz xalqaro qatnovlarni amalga oshirgan “eng punktual aviakompaniya” deb e`tirof etildi.

    Boshqa yangiliklar