1

4 qo`l va 4 oyoq bilan tug`ilgan chaqaloq ustida jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

Dunyo 10.09.2014, 16:25
4 qo`l va 4 oyoq bilan tug`ilgan chaqaloq ustida jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

Ugandada bundan 3 oy avval tug`ilgan bolakayni ilk bor qo`liga olgan doyalar hayratdan nima qilishlarini bilmay qolishdi. U 4 qo`l va 4 oyoq bilan dunyo kelgandi. Dastlab Ugandadagi shifokorlar bolakayning ota-onasiga uni tuzatishning biror chorasi yo`q ekanini aytishdi.

Go`dakning salomatligidan vahimaga tushgan ota-onasi uni poytaxt Kampala shahridagi shifoxonaga olib borishdi. O`tgan 3 oy davomida uning “ortiqcha” a`zolarini olib tashlash borasida bosh qotirishdi.

18 avgust kuni shifokorlar Polo Makis deb ism berilgan bolakayning tanasidagi egizak ukasining o`smay qolgan va tutashgan ikki qo`l va ikki oyog`ini olib tashlashga muvaffaq bo`lishdi, deya yozadi lifenews.ru nashri.

3 soat davom etgan jarrohlik amaliyotidan so`ng Polo o`zini yaxshi his qilayapti. Aytish lozimki, Poloning 4 qo`l va 4 oyoq bilan tug`ilganidan tashqari uning tanasida yana bir qancha kishini hayratga soladigan jihatlar ham bor. Masalan, uning yuragi o`ngda, jigari esa chapda joylashgan. Bolakay haqidagi ma`lumotlar uning ahvoli birmuncha yaxshilangandan so`ng, bugun omma e`tiboriga havola etildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1