AsosiyJamiyat

​O`zbekneftgaz rahbariyati suyultirilgan uglevodorod gazining aholi uchun qiymati qanday shakllanishi haqida ma`lumot berdi

'​O`zbekneftgaz rahbariyati suyultirilgan uglevodorod gazining aholi uchun qiymati qanday shakllanishi haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

Birinchi avgustidan O`zbekistonda suyultirilgan gazning aholi ehtiyoji uchun ajratiladigan yagona qiymati etib bir kilogramm uchun 800 so`m belgilanadi.

«O`zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining chuqur qayta ishlash bo`yicha o`rinbosari Odil Temirov nimaga aynan shu qiymat tanlangani, u keyinchalik o`sadimi, va aholini suyultirilgan gaz bilan ta`minlash qanday kechishi haqida intervyu berdi.

- Keling, suhbatimizni suyultirilgan gazning maishiy miqyosdagi iste`molidan boshlaylik, ya`ni xonadonlarda ishlatishi. Gaz qiymatini «O`zbekneftgaz»ning o`zi belgilaydi. Bu gazning aholi sotib oladigan o`rnatilgan narxi. Agar biz ushbu narxning o`sishiga guvoh bo`lsak, yoki davlat tomonidan belgilangan qiymat bir yoqda-yu, bizlarga boshqa narxlarni aytishsa, bunda biz, oddiy aholi qanday yo`l tutishimiz zarur?

- Aholi ehtiyoji uchun ajratiladigan suyultirilgan gaz qiymati Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Hozirgi kunda 20-kilogrammlik gaz balloning hududga qarab qiymati 6500 14500 so`mni tashkil etadi. Shu yilning birinchi avgustidan O`zbekistonda suyultirilgan gazning aholi ehtiyoji uchun ajratiladigan yagona qiymati etib, bir kilogramm uchun 800 so`m belgilandi. Bizning respublika bo`ylab gaz ta`minoti bo`yicha hududiy bo`linmalari mavjud, ularning har birida ishonch telefonlari mavjud. Iste`molchilar biror bir qonunbuzarliklarni payqagan holda, ushbu raqamlar orqali marojaaat qilishlari mumkin. Biz har bir murojaatni ko`rib chiqamiz va kerakli chora ko`ramiz.

- Iste`molchilarning ehtiyojidan tashqari suyultirilgan gaz eksportga ham chiqariladi, avtomobil gaz quyish shoxobchalariga jo`natiladi. Bilishimizcha, avtomobillar uchun mo`ljallangan gaz qiymati tobora o`sib bormoqda, va ayrim hududlarda esa uning narxi benzin narxidan ham oshib ketgan. Bu nima bilan bog`liq?

- Haqiqatan, gaz iste`molchilarini uch yo`nalishga ajratish mumkin: bu, eng avvalo, aholi (ovqat tayyorlash uchun), avtomobil gaz quyish shoxobchalari va suyultirilgan gazning qo`shni davlatlarga eksporti. May – iyun oylarida ichki birja savdolarida suyultirilgan gaz qiymatining o`sishi qayd qilingan edi. Bu o`z o`rnida yoqilg`iga bo`lgan narxning ko`tarilishida aksini topmoqda.

O`tgan yilga nisbatan «O`zbekneftgaz» tomonidan ajratilayotgan gaz hajmi 26 foizga ortgan. Ya`ni, ushbu turdagi yoqilg`i taqchilligi haqida gapirishga asos yo`q. Shu bilan birga, 2017 yil bilan solishtirilganda, suyultirilgan gaz quyadigan mashinalar soni 11 ming donaga qisqargan. Shunga qaramay, biz tovar-xom ashyo birjasida narxlaring o`sishini kuzatmoqdamiz.

Tushunish kerak, suyultirilgan gaz birja savdolariga ishlab chiqarish tannarxida bir tonna uchun 500 mingdan bir million so`mgacha bo`lgan qiymatda chiqariladi. Savdo vaqtida mijozlaring o`zi narxlarni belgilashadi, va eng yaxshi taklif bergan mijoz gazni sotib oladi. Hozirgi kunda, biz, ishlab chiqaruvchilar va ta`minotchilar, tovar xom ashyo birjasidagi qiymat shakllanishini boshqarish imkoniga ega emasmiz, va o`z o`rnida, gaz quyish shoxobchalaridagi narxlarni ham.

Eksport siyosati borasida shuni aytish kerakki, «O`zbekneftgaz» AJ har yili eksport jadvalini tuzadi. Suyultirilgan gaz asosan qo`shni davlatlarga eksport qilinadi. Bu yili, biz ichki birja savdolariga o`tgan yilning shu davriga nisbatan 38 ming tonna ko`proq suyultirilgan gazni qo`ydik, va bu suyultirilgan gaz quyadigan mashinalar soni ortmaganini inobatga olganda. Ishonch bilan aytamanki, respublika bo`ylab gaz quyish shoxobchalarida katta navbatlar kuzatilmayapti. Bu yili biz benzin ishlab chiqarish hajmini ko`paytirdik. Shu bilan birga, «O`zbekneftgaz» oldiga suyuq yoqilg`ining uch oylik zaxirasini ta`minlash vazifasi qo`yilgan edi. Biz buni uddaladik.

- Siz suyultirilgan gaz quyadigan avtomobil texnikasi soni qisqargani haqida aytib o`tdingiz, bu nima bilan bog`liq?

- Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktyabrdagi 815-sonli farmoniga muvofiq, suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan yangi gaz quyish shoxobchalarini ochishga lisenziya berishi to`xtatildi. Istiqbolda, suyultirilgan gazni avtomobil gaz quyish shoxobchalariga etkazib berish ham to`xtatiladi, deya taxmin qilish mumkin. Asosiy maqsad, aholi va boshkalar ehtiyojini qondirish. Hozirda avtomobil metan gazi to`ldirish kompressor shoxobchalari soni tobora ortib bormoqda. Ular bemalol suyultirilgan gaz quyish shoxobchalarininig o`rinini bosishlari mumkin. Ayni vaqtda bu turdagi shoxobchalar bir yilda 2 million tonna ekvivalenti miqdoridagi benzin yoqilg`isi hajmini egallashdi. Shunday qilib, avtomobil egalarining yoqilg`iga bo`lgan ehtiyoji teng taqsimlanmoqda. Bizda benzin yoqilg`isi va suyultirilgan gaz etarli darajada mavjud, va shu bilan birga, salmoqli hajmda siqilgan metan gaziga ham egamiz. U hozirda boshqa resurslardan qiymat omilida o`zib ketadi.

- Odil Shukurovich, suyultirilgan gazni taqsimlash mexanizmi haqida gapirib bersangiz?

- Suyultirilgan gaz «O`zneftgazqazibchiqarish» AJ gaz qazib olish va qayta ishlash korxonalari tomonidan qazib chiqariladi va qayta ishlanadi. Respublika bo`ylab suyultirilgan gazga bo`lgan talabni monitoring qilish asosida «O`ztransgaz» AJning gaz ta`minoti bo`yicha hududiy bo`linmalariga buyurtma beriladi va shundan kelib chiqib suyultirilgan uglevodorod gazi ortiladi hamda gaz to`ldirish stansiyalari va gaz to`ldirish punktlariga transportirovka qilinadi. O`tgan yilda aholiga 366 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz etkazib berilgan. Bu yili ushbu ko`rsatkichni 406 ming tonnaga etkazish rejalashtirilgan.

Gaz ballonlarni ishlab chiqarish va sinovdan o`tkazish «O`zneftgazmash» AJ zavodlari – Chirchiq zavodi, Buxoro va Qo`qon ta`mirlash-mexanika zavodlarida amalga oshiriladi. O`tgan yili aholiga 750 ming donadan ortiq yangi suyultirilgan gaz ballonlari etkazib berilgan, bu yilgi reja esa 634 ming dona. Ta`kidlash kerakki, gaz ballonlari sotilmaydi, iste`molchilar faqat uning ichidagi gazni xarid qiladilar.

    Boshqa yangiliklar