1

Avstraliyada bemor Ebola bilan kasallanganligi gumon qilinmoqda

Dunyo 11.09.2014, 09:20
Avstraliyada bemor Ebola bilan kasallanganligi gumon qilinmoqda

Afrikada 2 mingdan ortiq kishining umriga zomin bo`lgan Ebola virusi Avstraliyada ham qayd etilgan bo`lishi mumkin.  Gold-Kost shahri shifoxonasiga ushbu virus alomatlari kuzatilayotgan bemor keltirildi.

9 sentyabr kuni 24 yoshli Avstraliya fuqarosi Kongo Demokratik Respublikasidan qaytib kelgan va o`zini yomon his qila boshlagan. 11 sentyabrda esa u shifoxonaga keltirildi. Uning ahvoli barqaror deya ta`kidlanmoqda. Ammo, hozircha aniq tashxis tasdiqlanmagan. Bu haqda ITAR-TASS xabar beradi.

Eslatib o`tamiz, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, G`arbiy Afrika mamlakatlarida Ebola virusi oqibatida 2296 kishi vafot etdi.  Gvineya, Serra-Leone va Liberiyada 4293 kishi ushbu virus bilan kasallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1