1

Eronda voleybol uchrashuvini tomosha qilgan ayol hibsga olindi

Dunyo 11.09.2014, 09:48
Eronda voleybol uchrashuvini tomosha qilgan ayol hibsga olindi

Kelib chiqishi eronlik bo`lgan Britaniya fuqarosi voleybol uchrashuvini tomosha qilgani uchun ikki oyga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar beradi Independent nashri.

25 yoshli G`oncheh G`avomiy erkaklar bo`yicha Eron va Italiya terma jamoasi uchrashuviga kirish vaqtida bir guruh qizlar bilan qo`lga olingan. Uchrashuv 20 iyun kuni bo`lib o`tgan. Keyinchalik polisiya xodimlari voleybol muxlisasini qo`yib yuborishdi.  Ammo, u shaxsiy buyumlarini olib ketgani polisiya mahkamasiga tashrif buyurganida uni yana hibsga olishdi. Bu safar esa u Tehrondagi qamoqxonaga yuborildi.  Xabarda yozlishicha, u erga asosan siyosiy mahbus va jurnalistlarni yuborishar ekan.

Ma`lum bo`lishicha, G`avomiy Erondagi erkaklar musobaqalarini ayollar tomosha qilishini taqiqlovchi qonunga qarshi chiquvchi, mashhur namoyishchi bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1