AsosiyJamiyat

Sergeli tumanidagi xonadonlarning birida yong`in chiqdi

'Sergeli tumanidagi xonadonlarning birida yong`in chiqdi'ning rasmi

29 iyul kuni soat 18.04 da Toshkent shahar IIBB YoXB Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga Sergeli tumani Sputnik-8 dahasidagi 58-uyda yong`in sodir bo`lgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O`t o`chiruvchilar guruhi voqea joyiga sanoqli daqiqalarda etib bordi. Ma`lum bo`lishicha, yong`in 2 qavatli uyning 1-qavatida kelib chiqqan.

Tezkor guruhning sa`y-harakatlari bilan yong`in soat 18.26 da to`liq bartaraf etildi. Qurbonlar yo`q, uy egasi, 63-yoshli E. Alevtina ham jarohat olmagan. Yuqori qavatda yashovchi qo`shni, 70 yoshli B.Vladimirning oyog`i evakuatsiya vaqtida engil jarohat olgan va zudlik bilan kasalxonaga olib ketilgan. Boshqa qo`shni xonadonlardagi 4 nafar kishi o`t o`chiruvchilar yordamida qutqarib olingan.

Yong`inga o`chirilmagan sigareta sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar