1

AQShdagi “qora kun”ga 13 yil to`ldi (FOTO)

Dunyo 11.09.2014, 10:33
AQShdagi “qora kun”ga 13 yil to`ldi (FOTO)

11 sentyabr - Amerika Qo`shma Shtatlarida motam kuni. Bir kunda amalga oshirilgan to`rtta terroristik harakatlar oqibatida 2977 kishi vafot etdi va 24 kishi bedarak yo`qoldi. Qurbonlarning ko`p qismi oddiy aholi vakillari bo`lgan.

2001 yilning 11 sentyabr kuni tongda terroristik guruhning 19 nafar a`zosi 4 ta yo`lovchi samolyotini egallab olishgan. Ulardan ikkitasi Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi tomon yuborildi. Uchinchi samolyot terrorchilar tomonidan Pentagon tomon yo`naltirildi.  To`rtinchi samolyot esa parvozda yo`lovchilar va ekipaj a`zolari tomonidan samolyotni qayta egallab olish uchun harakatlari paytida Pensilvaniya shtatida quladi.

Ushbu terroristik harakatlar uchun javobgarlik “Al-Qoida” ekstrimistik guruhi zimmasiga yuklatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1