AsosiyJamiyat

Nogironlik pensiyalari kimlarga tayinlanadi?

'Nogironlik pensiyalari kimlarga tayinlanadi?'ning rasmi

Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari, deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Bu haqida Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali orqali tushuntirish berdi.

Nogironlik pensiyasini tayinlashni so`rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

• ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;

• ish haqi to`g`risidagi ma`lumotnoma;

• ariza beruvchining jamg`arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (2005 yil 1 yanvardan keyin);

• baxtsiz hodisa va sog`liqning ishlab chiqarishdagi shikastlanishi to`g`risidagi hujjat yoki agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo`lgan bo`lsa, boshqa rasmiy hujjat.

    Boshqa yangiliklar