Navoiy viloyati, Nurota tumani, Yangi hayot mahallasida yashovchi M. turmush o`rtog`i R. bilan doimiy ravishda janjallashib keladi. 28 iyul kuni soat 00-20 larda uyida turmush o`rtog`ining uxlab yotgan vaqtidan foydalanib, uni o`ldirishga urinadi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uxlab yotgan turmush o`rtog`ining boshi, bo`yin va ko`krak qafasining sohalariga bolta bilan urib tan jarohatlari etkazadi. Shu vaqtda R.ning baqirganligini eshitib xonaga kirib kelgan otasi B.ni ko`rib, voqea joyidan yashirinadi.
Shundan so`ng, M. sodir qilgan qilmishi uchun javobgarlikdan qo`rqib, shu mahallada yashovchi opasining qo`shnisi S.ning yashash uyidagi og`ilxonada o`zini-o`zi osib o`ldiradi.
Jabrlanuvchi R. olgan og`ir tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.






