AsosiyJamiyat

O‘zLiDeP faoli partiya ko`magida sitrus meva ko`chatlarini etishtirish maktabini tashkil etmoqda (video)

'O‘zLiDeP faoli partiya ko`magida sitrus meva ko`chatlarini etishtirish maktabini tashkil etmoqda (video)'ning rasmi

O‘zLiDeP Namangan viloyat va Norin tuman Kengashi mas`ul hodimlari “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida tumandagi “Boyovul” mahallasida yashovchi Valijon Mahmudov xonadoniga tashrif buyurdi.

Valijon ota 1989 yilda tumanda birinchilardan bo`lib limon etishtirishga qo`l urgan mirishkorlardan biri. Otaxon limon parvarishlash va ko`paytirish sirlarini puxta o`zlashtirib, o`z tomorqasida ko`rkam bog` barpo etgan.

– Sitrus mevalarni parvarishlashga ishtiyoqim baland, – deydi Valijon ota. – Shu bois hovli chetida “Botanika bog`i” tashkil etib, sitrus o`simliklarning turli navlarini ko`paytirib, parvarishlab kelyapman. Ayni chog`da xonadonimizda etishtirilayotgan limon ko`chatlari ichki bozordan tashqari Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston davlatlariga ham eksport qilinmoqda.

Ta`kidlash kerak, hozirga qadar tadbirkor 400ga yaqin xonadon egalariga limon parvarishlash sirlarini o`rgatgan. Shu kunlarda esa O‘zLiDeP ko`magida 1 gektar er maydonida sitrus meva ko`chatlarini etishtirish maktabini tashkil etmoqda.


    Boshqa yangiliklar