1

AQSh fuqarosi 5 nafar farzandini o`ldirgani ma`lum bo`ldi

Dunyo 11.09.2014, 11:34
AQSh fuqarosi 5 nafar farzandini o`ldirgani ma`lum bo`ldi

Bundan 7 kun oldin, 3 sentyabr sanasida AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi oilada 5 nafar bolaning yo`qolgani haqida polisiyaga xabar berdi. Biroq 10 sentyabr kuni Alabamada bolalarning barchasining murdasi chiqindi xaltachalari ichiga solib ko`milgan holda topildi. Bu haqda lifenews.ru nashri ma`lumot beradi.

Xabarda aytilishicha, 1 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalarni ularning otasi Timoti Rey Jons o`ldirgan. Chunki murdalarning qaerdaligini Reyning o`zi polisiyaga ko`rsatib bergan.

Aslida hammasi Reyning mast holda mashina boshqargani uchun polisiya tomonidan to`htatilganidan so`ng ma`lum bo`ldi. Mast fuqaroning mashinasini tekshirish jarayonida polisiyachilar giyohvand modda tayyorlanadigan kimyoviy suyuqlik va qon izlarini topishgan. Ushbu oilaga qo`shni bo`lgan fuqarolar bolalarning yurish-turishi juda achinarli bo`lganini, ularga e`tibor berilmagani haqida aytishgan.

Ayni damda Shimoliy Karolina polisiyasi bolalarning qay tarzda o`ldirilgani borasidagi ma`lumotlarni oshkor qilmayapti. Tergov jarayoni davom etmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1