AsosiyJamiyat

Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o`quvchilar qabul qilinmoqda

'Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o`quvchilar qabul qilinmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti hamda Innovasion rivojlanish vazirligi hamkorligida Mirzo Ulug`bek nomidagi astronomiya, fizika, matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internatiga o`quvchilar qabul qilinmoqda. Ta`lim o`zbek va rus tillarida olib borilishi nazarda tutilgan bo`lib, maktab-internatga Toshkent shahrida joylashgan maktablarning 6-sinf bitiruvchilari tanlov asosida 7-sinfga qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining rasmiy web-saytida (www.astrin.uz) onlayn-ro`yxatdan o`tishlari yoki bevosita Toshkent bank kolleji binosidagi qabul komissiyasiga topshirishlari mumkin.

Ta`kidlash joizki, hozirda ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosining qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 2018-2019 o`quv yili uchun qabul faqat Toshkent shahridan amalga oshirilmoqda. Kelgusi yildan boshlab esa respublikamizning barcha hududlaridan o`quvchilar qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Yunusov ko`chasi, 5-uy (Mo`ljal: Tansiqboev dehqon bozori). Hujjatlar joriy yilning 5 avgustiga qadar qabul qilinadi.

2018 yil 10 avgust kuni o`quvchilari Toshkent bank kolleji binosida fizika, matematika va ingliz tili fanlaridan test sinovlaridan o`tkaziladi.

Qo`shimcha ma`lumotlarni O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya Institutining rasmiy web-saytida (www.astrin.uz) hamda Innovasion rivojlanish vazirligining quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: +998-90-318-06-54, +998-98-124-77-20.

    Boshqa yangiliklar