AsosiyJamiyat

Ismoil Muhammad Sodiq musulmonlar idorasiga maslahatchi etib tayinlandi

'Ismoil Muhammad Sodiq musulmonlar idorasiga maslahatchi etib tayinlandi 'ning rasmi

Shayx Muhammad Codiq Muhammad Yusuf rahimahullohning farzandi Ismoil Muhammad Sodiq O`zbekiston musulmonlari idorasida maslahatchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O`MI Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ismoil Muhammad Sodiq 1976 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1994 yil «Islomiy da`vat kulliyasi»ga o`qishga kirdi. To`rt yil bakalavr bosqichida, so`ng ikki yil magistraturada o`qib, 2001 yili ushbu kulliyani tamomladi. Shundan so`ng, elchixonalarda, diniy ta`lim muassasalarida, nashr ishlarida, sayt xizmatlarida va ta`lim markazlarida faoliyat olib bordi. Hozirda Ismoil Muhammad Yusuf «Hilol nashr» matbaa nashriyoti rahbari hisoblanadi.

Ismoil Muhammad Sodiqning mazkur faoliyatlardan tashqari ilmiy salohiyati ham yuqori. U kishi rasmiy ilm dargohlaridan tashqari o`z otalari Shayx hazratlaridan ham ko`p ta`lim olgan. Xususan, «Tafsiri Nasafiy» va «Sahihi Buxoriy»dan ijoza olgan. «Oltin Silsila»ning tarjimonlaridan biri. Shayx hazratlarining barcha kitoblarining noshiri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar