1

O`z farzandini bo`g`ib o`ldirgan andijonlik ayolga hukm chiqarildi

Jinoyat 31.07.2018, 09:32
O`z farzandini bo`g`ib o`ldirgan andijonlik ayolga hukm chiqarildi

Qo`qon shahrida o`z farzandini bo`g`ib o`ldirgan ona haqida tarqalgan xabar yuraklarni larzaga keltirdi. Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati sudida mazkur jinoyat ishi ko`rib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan hukm o`qildi, deb xabar bermoqda O`zA.

Sudlanuvchi S.T 2018 yil 23 mart kuni o`zaro oilaviy kelishmovchiliklar sababli yashash xonadoni Andijon viloyati, Qo`rg`ontepa tumani, Ma`murobod qishlog`idan 2015 yilda tug`ilgan voyaga etmagan farzandi bilan chiqib ketib, 23-25 mart kunlari davomida Qo`qon shahrida bir nechta shaxslarning uylarida tunab qolgan. 26 mart kuni o`ziga tanish bo`lmagan J.M bilan o`g`li F.Ini olib, Toshkent shahriga ishlash maqsadida ketadi. U erda qaramog`ida voyaga etmagan o`g`li borligi sabab ishga joylasha olmaydi. O`g`li F.Idan qutulish maqsadida 2018 yil 2 aprel kuni Toshkent shahridan farzandi bilan Dang`ara tumanida joylashgan avtobuslar shohbekatiga kelib, u erdan Qo`qon shahriga harakatlanuvchi 14-yo`nalishli avtobusga o`tirib, soat 16 larda Dang`ara tumanidan Qo`qon shahar "Turkiston" ko`chasi tomonga harakatlanib keladi. “Avtokemping” mas`uliyati cheklangan jamiyati binosining ro`parasida avtobusdan tushib qoladi. O`zining niyatini amalga oshirish maqsadida binoning oldi yon tomonida joylashgan archalarning orqa tomoniga o`tib, o`ng qo`l barmoqlari bilan ojiz ahvoldagi voyaga etmagan o`g`lini bo`yin qismini qattiq bo`g`ishi oqibatida voyaga etmagan o`g`li F.I vafot etgan. O`g`lining murdasini archa daraxti tagiga tashlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati sudining raisi M.Mirzajonov raisligida ko`rib chiqildi.

M.Mirzajonovning ta`kidlashicha, sudlanuvchi S.T. sudda aybiga to`liq iqror va qilmishidan pushaymon bo`lib ko`rsatuv bergan. Unga nisbatan jazo turi va me`yorini belgilashda, sodir etgan jinoyatining xususiyati, ijtimoiy xavflilik darajasi, jabrlanuvchi qonuniy vakilining S.T.ga nisbatan og`irroq jazo tayinlash haqidagi talabi, jinoyatni g`arazli va boshqacha past niyatlarda sodir etgani inobatga olinib, 15 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Andijonlik qotil ona 3 yoshli o`g`lini qanday va nimaga o`ldirganini aytib berdi (video)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1