1

Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan jinoyatchi qamoqxonadan qochib ketdi

Dunyo 12.09.2014, 09:35
Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan jinoyatchi qamoqxonadan qochib ketdi

2012 yilda uch nafar maktab o`quvchisini o`ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan jinoyatchi AQShning Ogayo shtatidagi qamoqxonadan qochib ketdi.  Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar beradi.

2012 yilning feralida 19 yoshli Tomas Leyn Shardon shahri maktabi ovqatlanish xonasida o`t ochgan. Prokuraturaning xabar qilishicha, jinoyatchi odamlarga sababsiz o`q uzgan. O`shanda uch nafar maktab o`quvchisi uning qurboni bo`lishdi. Sud Leynning gallyusinasiya va psixoz bilan og`rishiga qaramay uni aqlan sog`lom deb tasdiqladi hamda uni shartli ravishda ozodlikka chiqish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, 11 sentyabr kuni Layma shahridagi qamoqxonadan Leyndan tashqari yana ikki mahbus qochgan. Hozirda  ulardan biri  qo`lga olindi. Jinoyatchilar qochishni qanday amalga oshirganliklari to`g`risida ma`lumot berilmagan. Qidiruv ishlari qamoqxona yaqinidagi o`rmon va aholi yashovchi hududlarda o`tkazilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1