Ertaga, 1 avgust kuni OTMlarga kirish imtihonlari o`tkazilishi munosabati bilan poytaxtning qator ko`chalarida transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko`ra, soat 6:00 dan soat 16:00 ga qadar quyidagi ko`chalar yopiladi:
Ko`rgazma ko`chasi Katta halqa yo`lidan Kor Xoji ota ko`chasigacha;
Iftixor ko`chasi Amir Temur ko`chasidan Usta Shirin ko`chasigacha;
Usta Shirin ko`chasi Iftixor ko`chasidan Ko`rgazma ko`chasigacha;
A.Po`lat ko`chasi Ko`rgazma ko`chasidan Iftixor ko`chasigacha.







