Toshkent shahrida bir necha muddat transport vositalari harakati uchun yopiq bo`lgan Fidokor ko`chasining Oybek ko`chasiga chiqish qismida endi yana avtomobillar harakatlanishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd qilinishicha, 31 iyul kuni ko`chani to`sib turuvchi to`siqni olib tashlash va ushbu yo`lda avtomobillar harakatini tiklash ishlari boshlangan.







