1 avgust kuni xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.
Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismoilov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko`rildi.
2016 yil noyabr oyidan buyon Oqdaryo tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Pirmatboy O`sarov o`z arizasiga ko`ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha “O`zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati investisiyalarni jalb qilish, investision loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig`i vazifasida faoliyat ko`rsatgan Feruz Abilov Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
02.08.2018 04:55
Feruz Abilov Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaradi






