Hukumat qarori bilan Abdujabbor Abdusattorovich Abduvohitovga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori vazifasini bajarish yuklandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Abdujabbor Abduvohitov joriy yil fevral oyida Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari etib tayinlangan.
2002−2011 yillarda Toshkentdagi Vestminster universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. 2011—2012 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori bo`lgan. So`ngra Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasiga rektorlik qilgan.






