1

«Berlin — Oqqo`rg`on» filmining suratga olish ishlari yakunlandi

Madaniyat 03.08.2018, 16:01
«Berlin — Oqqo`rg`on» filmining suratga olish ishlari yakunlandi

Filmda Ikkinchi jahon urushi bilan bog`liq o`ziga xos siyosiy o`yinlar fonida ikki — o`zbek va yahudiy oilalarida kechayotgan voqealar aks etgan.

«O`zbekkino» milliy agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, rejissyor Zulfiqor Musoqovning «Berlin-Oqqo`rg`on» badiiy filmida Ikkinchi jahon urushida jon olib, jon bergan vatandoshlarimizning jasorati misolida mash`um urushning ayanchli oqibatlari turli millat vakilllarining taqdirlari orqali hikoya qilinadi.

Kartinada Ikkinchi jahon urushiga oid ko`plab ma`lumotlar, tarixiy shaxslar o`rin olgan. Bu ma`lumotlar bugungi kun yoshlarining dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi manba vazifasini o`tashi barobarida, filmda aks etgan voqealar, asosiy qahramonlarning hayot yo`llari o`sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga fidoyi insonlar bo`lib voyaga etishishida o`ziga xos namuna vazifasini o`taydi.

Filmning tasvirga olish ishlari yakunlanib, uning taqdimotiga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1