1

Er-xotinning urushi o`lim bilan tugadi

Jinoyat 08.08.2018, 10:18
Er-xotinning urushi o`lim bilan tugadi

U doka ro`molning qurishi emas ekan. Toshkent tumanida bo`lib o`tgan ana shunday janjallarning biri o`lim bilan yakunlandi.

Keles shahri “Oqibat” mahallasidagi, Oqibat ko`chasi, 5-uy, 10-xonadonda yashovchi Baxit Abatov o`sha kuni ham uyiga mast holatda kirib keldi. Erning bu holatda ko`rgan Zulxumor Abatova yana e`tirozlarini bildira boshladi. Bir zumda baqir-chaqir avj oldi. Rosmana janjal boshlandi. Erining haqoratlariga chiday olmagan ayol bosh qismi to`mtoq bo`lgan jism bilan uning boshiga urdi. O`zini o`nglab olgan Baxit esa osh pichoqni olib chiqib, turmush o`rtog`ining o`ng biqin sohasiga tan jarohati etkazdi.

Natijada Zulxumor Abatova Toshkent tumani Markaziy kasalxonasining jonlantirish bo`limida vafot etdi.

"Xalq so`zi" nashrining xabar berishicha, hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish chog`ida, osh pichog`i ashyoviy dalil sifatida uni ishlatgan shirakayf er esa ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

Uch nafar farzand etim bo`lib qoldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1